Arveladze O'zbekistonga qaytadimi?

24 iyun 2021, 11:58
"Paxtakor" Superliga 6-turining qoldirilgan uchrashuvida "Andijon"ni taslim qildi (1:0).

Oxirgi paytlarda "sherlar"ning sobiq ustozi Shota Arveladze O'zbekiston milliy terma jamoasining keyingi bosh murabbiyi bo'lishi to'g'risida xabarlar tarqaldi. Kechagi o'yindan keyin "Paxtakor"ni boshqarayotgan Piter Xyuistraning shu mavzudagi mish-mishlarga munosabati bilan qiziqdik. 

"Mening qulog'imga bunday gap-so'zlar chalingani yo'q. Arveladzeda Yevropa klublari bilan ishlash istagi juda yuqori. Men buni juda yaxshi bilaman. 

Biroq, Shotaning qanday murabbiy ekanini hisobga olsak, bu o'zbek futboli uchun juda foydali bo'lardi. Terma jamoada yaxshi futbolchilar yig'ilgan, ular yaxshi natijalarga erishishlari mumkin", - deydi niderlandiyalik mutaxassis.

Shuningdek, u yurtimizda bolalar futboli hamda U-18 jamoalariga beriladigan e'tiborning pastligidan juda nolidi. Piterning takidlashicha, bizni Janubiy Amerika va Yevropa futbolidan ajratib turadigan eng katta jihat shu emish. Xyuistra so'zining oxirida o'zbek klublaridan yangi iqtidorlarni kashf etib beruvchi U-18 jamoalariga diqqat qaratishni so'rab qoldi.

Eshitdik-da! Arveladze O'zbekistonga qaytishi mumkin. Ammo, qaysi jamoaga?

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia