Arustamyan: "Qishda "Rostov" va SSKA O'runovni tarkibga qo'shib olishni istamagan"

Mirjalol Normatov
2 avg 2020, 15:49
"Match TV" sharhlovchisi Nobel Arustamyanning aytishiga ko'ra, qishki transferlar oynasi vaqtida Oston O'runovni RPLning bir necha klublari sotib olishni istamagan ekan.

Yakunda u "Ufa" tarkibiga borib qo'shildi.

"Endi hamma O'runov haqida gapirmoqda. Kimlar uni sotib olishni istamoqda: SSKA, "Spartak", "Dinamo", "Rubin". U "Ufa"ga qishda o'tgandi. Uning uchun klub 200 ming dollar to'ladi. Bunga qadar uni ko'plab klublarga taklif qilishdi. "Rostov" yo'q dedi, SSKA yo'q dedi. Ular kelajakni oldindan ko'ra bilishmadi", - dedi Arustamyan.

O'runov yaqin vaqtlar ichida "Spartak" bilan shartnoma imzolaydi. Oston "Ufa"dan oldin Toshkentning "Lokomotiv"ida harakat qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Match TV