Artur "Yuventus"dan ketmoqchi

Alisher
19 yanv 2022, 13:43
"Yuventus" yarim himoyachisi Artur Melo faoliyatini Tumanli Albionda davom ettirmoqchi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi uchun Londonning "Arsenal" klubi bosh da'vogardir. Klublar hozirda transfer shartlari borasida kelishishmoqda.

Artur tomonlar yanvardagi transfer oynasi so'nggiga qadar kelishuvga erishishlariga umid qilmoqda.

Braziliyalik joriy mavsum A Seriya doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira