

Yunusov ijara asosida Vetnam jamoasi safiga borib qo'shildi. Takidlash joiz, ushbu mamlakat futzal chempionati Artur uchun begona emas. U avval ham Vetnamda to'p tepgan edi. O'zbekiston chempionati yakunlangani bois, “Ardus” klubi rahbariyati o'z yetakchisini ijaraga berishga qaror qilgan. Shu kunlarda Yunusov yangi jamoasi bilan Myanmarda o'tkaziladigan xalqaro turnirga tayyorgarlik ko'ryapti.



