Artur mast holatda baxtsiz hodisaga uchradi

17 avg 2020, 20:44
Turinning "Yuventus" klubi futbolchisiga aylangan Artur Ramos kichik yo'l transport hodisasining ishtirokchisiga aylandi.

Bu haqda football-espana.net xabar tarqatmoqda. 24 yoshli xavbek boshqarayotgan Ferrari avtomoshinasi boshqaruvni yo'qotib, yo'l chekkasidagi ustunga borib urilgan. Hodisa Kataloniya hududidagi Palafrujel aholi punktida sodir bo'lgan.

Braziliyalik yarim himoyachining qonida alkogol moddasi borligi aniqlangan. Artur transport vositasini mast holatda boshqarganlikda ayblanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: football-espana.net