Artur Gevorkyan: “O'yin paytida olgan jarohatim jiddiy emas”

Narzulla Saydullayev
9 avg 2016, 14:39
Toshkentning “Lokomotiv” klubiga kelib qo'shilganiga ko'p bo'lmasdan Artur Gevorkyan “temiryo'lchilar” tarkibida gol urishga ham ulgurdi.

Kuni kecha 17 – turdan o'rin olgan “Lokomotiv” – “Andijon” bahsi bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvda toshkentliklar (3:1) hisobida mehmonlardan ustun kelishdi. O'yindan so'ng “temiryo'lchilar” futbolchisi Artur Gevorkyan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-  “Andijon”ga qarshi juda ham qiyin o'yin bo'ldi. Raqib jamoa ham yaxshi himoyalandi. Raqib jamoa futbolchilari darvozamizni ishg'ol qilishganidan so'ng ularda ham umid paydo bo'ldi. Ular himoyada yaxshi o'ynashdi, qarshi hujumda darvozamizni ishg'ol qilishdi. O'tkazib yuborilgan golda himoya chizig'imizni ayblamagan bo'lardim. O'yin paytida olgan jarohatim jiddiy emas keyingi bahsda maydonga tushaman”, - deydi “Lokomotiv” klubi futbolchisi  Artur Gevorkyan.


Jahongir Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia