Artur Gevorkyan: "Finalda bor imkoniyatimizni ishga solamiz"

Narzulla Saydullayev
24 sen 2013
O'zbekiston kubogi finalidan oldin "Nasaf"ning yetakchi yarim himoyachisi Artur Gevorkyan o'z fikrlarini bildirdi.
"25 sentyabr kungi "Bunyodkor"ga qarshi o'tadigan final o'yiniga puxta tayyorgarlik ko'rayapmiz. To'g'ri, oliy ligada so'nggi ikki o'yinda g'alaba qozona olmadik. Ammo bu klubdagi jarohatlarning ko'payib ketgani bilan bog'liq. Umid qilamizki, "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda bu futbolchilar safga qayta olishadi. Final o'z nomi bilan final. Shuning uchun uchrashuv qiziqarli o'tishiga shubha yo'q", - deydi Gevorkyan "Futbol Ekspress" gazetasiga.

"Bu safar uchinchi marta finalda o'ynayman. Avvalga ikkita finalda jamoam bilan zafar qucha olmagandim. Umid qilamanki, uchinchi urinishda kubokni qo'lga kiritamiz. Buning uchun butun jamoa bilan bor kuchimizni ishga solamiz".

Boburbek Tursunov suhbatlashdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia