Artur "Arsenal"ga o'tmaydi

Alisher
29 yanv 2022, 15:03
"Yuventus" yarim himoyachisi Artur Melo "Arsenal"ga o'tmaydigan bo'ldi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, italyan va ingliz klubi o'rtasidagi muzokaralar yakunlandi.

"Yuventus" ayni damda yarim himoyachi Aaron Remzining sotuvi borasida masalani hal qilmoqda. Futbolchiga "Byornli"dan qiziqish bor, ammo o'yinchining o'zi jamoaning taklifini hali qabul qilmadi.

Artur 2021/22 yilgi mavsum "Yuventus" safida 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano