Arteta tez orada amalga oshadigan transfer haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
7 yanv 2021
“To'pchilar” tez orada “Gerta” himoyachisi Omar Rekikni o'z safiga qo'shib oladi.

19 yoshli o'yinchi londonliklar bilan mashg'ulot o'tkazishga ulgurdi. Rekik “Arsenal”dagi faoliyatini yoshlar (U23) jamoasidan boshlaydi.

“Imkon bo'lishi bilan transferni e'lon qilamiz. Rekik – yosh istedod egasi, biroz muddat uni kuzatdik. Uning kelajagi juda porloq ekanligiga ishonamiz”, deydi Mikel Arteta.

Rekik Niderlandiya U18 terma safida harakat qilgan, ammo keyinchalik Tunis yoshlar jamoasi o'ynashdi maqul ko'rdi. Futbolchi “Gerta”ning asosiy jamoasida birorta ham o'yin o'tkazmagan. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports