Arteta Edegorning o'yinini baholadi

Alisher
22 mar 2021, 18:47
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Real"dan mavsum so'ggiga qadar ijaraga olingan yarim himoyachi Martin Edegor haqida gapirdi.

"Ilk kunlardan beri Martin yetakchi ekanligini ko'rsatyapti. Edegor jamoaga katta ta’sir o'tkazyapti, u doim to'pga ega bo'lishni va pressing qilishni xohlaydi.

Maydon tashqarisida kamtar yigit, ammo maydonda boshqacha. Martin o'z xarakterini ko'rsatmoqda, u futbolni juda qattiq tushunadi", - deydi ispaniyalik murabbiy.

22 yoshli xavbek joriy mavsum APL doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal