Arteta "Barselona"ni boshqarishi mumkin. U Laportaning nomzodi

Alisher
1 mar 2021, 14:15
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta kelajakda "Barselona"ni boshqarishi mumkin.

38 yoshli bask - kataloniyaliklar prezidentligi uchun nomzodlardan biri Joan Laportaning nomzodidir.

Agar Laporta g'alaba qozonsa, "Barsa"ning hozirgi murabbiy Ronald Kuman kelasi mavsumda o'z o'rnida qolmaydi va uning o'rnini Arteta egallashi mumkin.

Mikel "Barselona" tizimi (1997-2011)da bo'lgan, ammo bosh jamoaga kira olmagan. U ko'proq "Everton" va "Arsenal"dagi faoliyati orqali yaxshi tanish.

Arteta faoliyatini yakunlagandan so'ng "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning yordamchisi (2016-2019) bo'ldi. 2019 yilda esa "Arsenal" ustoziga aylandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RAC1