Arteta: "Balki David Luiz uchun mavsum yakunlangandir"

Mirjalol Normatov
4 apr 2021
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta himoyachi David Luizning holat haqida gapirdi.

"Hali hech nimani bilmayman. Balki uni operaciya qilmasdan davolash mumkindir. Shifokor bilan gaplashib, to'g'ri qarorni qabul qilishga harakat qilamiz. Shunday holatda ham u bir necha hafta maydonga tushmaydi.

Balki, u uchun mavsum yakunlangandir. Barchasi davolanish turiga bog'liq. Agarda u operaciya qilinsa, uzoqroq vaqt maydonga tusha olmaydi", - dedi Arteta.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal