Arslonmurod Omonov: "Paxtakor" bilan o'yindan oldin yigitlarning shijoati baland"

Narzulla Saydullayev
6 apr 2018, 10:56
"Buxoro" yarim himoyachisi Arslonmurod Omonov bugungi "Paxtakor" bilan bo'lib o'tadigan uchrashuv oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"To'g'risini aytsam “Bunyodkor” uchrashuvidan so'ng biroz tushkunlikka tushgan edik. Lekin qisqa vaqt ichida hammasi ortda qoldi.

Bir safar omad kelmaydi, bir safar xato vazitlarga yo'l qo'yiladi. Lekin bu futbol! Unda  hamma narsa bo'lishi mumkin. Ayni damda bizning asosiy diqqatimiz va kuchimiz bugungi  o'yinga qaratilgan. Uchrashuvga tinimsiz tayyorgarlik ko'rdik. Yigitlarning kayfiyati va shijoati baland. Bugungi uchraushuvda faqat g'alaba qozonish uchun astoydil harakat qilamiz va xudo xohlasa maydondan g'alaba bilan chiqamiz", - deydi turkmanistonlik futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати