Arshavin: "Hozircha Qozog'iston futbol federatsiyasi prezidenti bo'lishga tayyor emasman"

Aslanov Jasurbek
31 okt 2016, 12:52
"Qayrat" yarim himoyachisi Andrey Arshavin kelajakdagi rejalari haqida gapirib berdi.

"Yangi shartnoma bo'rasida muzokaralar bo'lmaydi. Kerjakovni shu yerda ko'rish haqidagi gaplarim qolishimni anglatmaydi. Bu bir-biri bilan bog'liq emas.

Kelajakda klubda boshqaruv ishida o'zimni sinab ko'rmoqchiman. Ammo Qozog'iston futbol federatsiyasi prezidentidek ishga tayyor emasman. Qozog'istonda federatsiyani boshqaradigan va futbolga e'tibor beradigan munosib insonlar topiladi" - deydi Arshavin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: PROСПОРТ-Казахстан