Arshavin Evro-2020 chempionligi uchun 2 termani favorit hisoblamoqda

Eldor Akmurzayev
22 apr 2021, 21:25
Rossiya TJ sobiq sardori va hozirda “Zenit”ning yoshlar futbolini rivojlantirish departamenti direktori bo'lib ishlayotgan Andrey Arshavin bo'lajak Yevropa chempionati favoritlari haqida gapirdi.

“Jahon chempionati shuni ko'rsatdiki, tribunalardagi muxlislarning qo'llab-quvvatlashi jamoamiz uchun juda ham muhim.

Belgiyaliklarni esa Evro-2020 favoritlaridan biri deb hisoblayman. Francuzlar ham kuchli, ularga Rossiyadagi JCH-2018'da ko'rsatgan natijalari yoqqan ko'rinadi, ular ushbu muvaffaqiyatni takrorlashmoqchi”, deydi Arshavin.

Eslatib o'tamiz, Evro-2020 o'tgan yili bo'lib o'tishi kerak edi. Biroq, pandemiya tufayli u 2021 yilga qoldirildi va UEFA musobaqa nomini o'zgartirmaslikka qaror qildi. Bo'lajak qita birinchiligi 11 iyundan 11 iyulga qadar bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: news.sportbox.ru