

Portugaliya terma jamoasi hujumchisiga Arsenal jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda. Uni shaxsan to'pchilar ustozi Arteta jamoada ko'rishni istamoqda.
Eslatib o'tamiz, Rafael Leau joriy mavsum Milan safida barcha musobaqalarda 38 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 12 tadan gol va golli uzatma bor. Uning transfer narxi taxminan 90 million evroga baholanmoqda.




