

London klubi futbolchini sotishga tayyor. "Kanonirlar" yozgi transfer oynasiga sarmoya kiritish uchun qo'shimcha mablag' jalb qilmoqchi. "Arsenal" Lyuis-Skellini 50 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Maylz Lyuis-Skelli "Arsenal" akademiyasi bitiruvchisi. Transfermarkt istedodning narxini 35 million evroga baholamoqda. Himoyachi joriy mavsum London klubi libosida 30 ta o'yin o'tkazdi. Futbolchi ushbu o'yinlarda 4 ta assist qayd etdi.



