"Arsenal"ga "Betis" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
27 mar 2020, 19:57
"Arsenal" "Betis" futbolchisi Nabil Fekirning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Goal" xabariga ko'ra, London klubi 26 yoshli futbolchini yozda "Real"ga qaytadigan Dani Sebalosning joyiga olib kelmoqchi.

Fekir 2019 yilning yozida "Betis"ga 20 mln evro evaziga o'tgandi. Ushbu mavsumda u 23 o'yinda 7 gol va 3 assistentlik qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal