"Arsenal" yon chiziqdan to'p tashlash bo'yicha mashhur murabbiyni taklif qildi

Sherzod Nurmatov
12 yanv 2026, 12:50
Angliya Premer-ligasida peshqadam bo'lib turgan Londonning "Arsenal" jamoasi autdan to'p kiritish bo'yicha murabbiyni ishga oldi.

Bu lavozimga sobiq futbolchi va engil atlet Tomas Gronnemark tayinlandi.

U avvalroq "Liverpul" klubida Klopp bosh murabbiylik qilgan davrda faoliyat yuritgan. Gronnemark autdan to'pni eng uzoq masofaga uloqtirish bo'yicha rekord sohibi hisoblanadi - 51,33 metr.

"Arsenal" o'yinning aniq bir komponentlarini kuchaytirishni ilk bor amalga oshirayotgani yo'q. Bir necha yil avval "to'pchilar" standart vaziyatlarni yaxshilash maqsadida Nikolya Joverni ishga olgandi. Natijada, so'nggi mavsumlarda Mikel Arteta jamoasi standart vaziyatlardan, asosan burchak zarbalaridan, rekord darajada - 22 ta gol urdi.

APL joriy mavsumida ayrim jamoalar o'yinida autdan to'pni raqib jarima maydoniga tashlash orqali xavf yaratish tendenciyasi kuzatilmoqda. Qator jamoalar, jumladan "Brentford" va "Sanderlend", yon chiziqdan to'p kiritish orqali bir nechta gollar urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports