"Arsenal" xo'jayini o'zgarishi mumkin

Alisher
26 apr 2021
Spotify musiqa servisi asoschisi "Arsenal"ni xarid qilmoqchi.

Daniel Ek "kanonirlar"ning amaldagi xo'jayini Sten Kronkega taklif yuborishga tayyor.

Ek bu borada "Arsenal" afsonalari bilan hamkorlik qilmoqda, aynan Dennis Bergkamp, Terri Anri va Patrik Vieyra bilan.

Agar bitim amalga oshsa, sobiq futbolchilar London klubining yangi rahbariyati tarkibiga kirishadi.


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph