Arsenal – Xitoyda Yevropaning eng ommabop klubi

Narzulla Saydullayev
7 fev 2014, 09:00
Koventri universiteti vakillari sentyabr-noyabr oylarida Xitoyda Yevropa futboli borasida so'rov o'tkazdi.
So'rovda Xitoyning 16 ming aholisi ishtirok etdi.

Eng ommabop klub sifatida Arsenal (3785 odam) tan olindi. Ikkinchi – Manchester Yunayted (3210), uchinchi o'rinni Milan (2204) egalladi, ulardan keyin Real (1 959) va Barselona (1930) joy olishgan.

Xitoyliklar orsida Angliya premer-ligasi eng ommabop ekani aniqlandi (7697 odam), ikkinchi o'rinda – primera (3910), uchinchi o'rinda – "A" seriya (3614).

Eng ommabop terma jamoasi – Germaniya (3118 odam) deb topildi. Ikkinchi – Italiya (2488), uchinchi – Ispaniya (2418).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru