"Arsenal" Vlaxovich bo'yicha "Fiorentina" bilan kelishuvga erishdi. O'yinchi esa London klubiga o'tishdan bosh tortyapti

Alisher
8 noya 2021, 11:35
"Fiorentina" forvardi Dushan Vlaxovich "Arsenal"ga o'tishni xohlamayapti.

"Kanonirlar" "Fiorentina" bilan 21 yoshli hujumchining yanvardagi 80 mln evrolik transferi borasida kelishuvga erishishdi. Ammo, o'yinchining o'zi va agenti boshqa takliflarni kutishmoqda va transferni rad etishmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Vlaxovich ushbu kuzda "Fiorentina" bilan shartnomani 2023 yilning yoziga qadar uzaytirishni rad etgan edi.

Vlaxovich 2021/22 yilgi mavsum "Fiorentina" tarkibida A Seriya doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia