"Arsenal" Vengerga yangi shartnoma taklif qilmagan

Aslanov Jasurbek
13 may 2016, 17:12
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger klub unga yangi shartnoma taklif qilgani haqidagi ma'lumotni rad etdi.

66 yoshli fransiyalikning "to'pchilar" bilan amaldagi bitimi 2017 yilning yozida yakuniga etadi.

"Bu noto'g'ri va shunga o'xshash ma'lumotlar qayerdan paydo bo'lishini bilmayman. Hammasi yolg'on, o'ylab topilgan. Matbuot ma'lumot tarqatishdan oldin uni tekshirib ko'rishini istayman. Ular bu borada klubga yoki menga murojaat qilishlari mumkin edi" - deydi Venger.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian