“Arsenal” van der Vilga qiziqmoqda

25 dek 2013, 10:04
“Arsenal” klubi “Udineze” klubi o'ng qanot himoyachisi Dushan Bastani sotib olish fikridan qaytdi.

Londonliklar klubi rahbariyati 29 yoshli Xorvatiya terma jamoasi futbolchisi uchun talab etilayotgan 15 million evroni yuqori narx deb baholadi, deb xabar beradi Tuttoudinese.

Manbaning xabariga ko'ra, “Arsenal” endi “PSJ” klubi va Gollandiya terma jamoasining 25 yoshli himoyachisi Gregori van der Vilni sotib olishga kirishgan.

Eslatib o'tamiz, “kanonerlar” Bakari Sanyaning klubdan ketishi sababli, yangi o'ng qanot himoyachisi izlashmoqda.


Manba: sports.ru