Arsenal va PSJ meksikalik Dammni sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
27 dek 2015
Meksikaning Tigres klubi yarim himoyachisi Yurgen Damm Yevropaning top-klublari qiziqishiga sabab bo'ldi.

Mediotiempo nashri xabariga ko'ra, Germaniya pasportiga ega 23 yoshli meksikalik futbolchiga Arsenal, PSJ va Sporting klublari qiziqib qolishdi.

Tigres Dammni 15 million dollarga sotishga tayyor. Ushbu klub bir yil oldin Pachukaga futbolchini 10 millionga sotishga rozi bo'lmagandi.

Damm Meksika chempionatining 21ta o'yinida bitta gol urdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: mediotiempo.com