"Arsenal" va Martinelli o'rtasidagi muzokaralar yakunlanmoqda

Mirjalol Normatov
25 dek 2022
"Arsenal" futbolchisi Gabriel Martinelli bilan shartnomani uzaytiradi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, London klubi va 21 yoshli futbolchi o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda. Tomonlar o'rtada uzoq muddatli shartnoma imzolashadi. Hozircha tomonlar bu borada kelishuvga erishgani yo'q, biroq bunga yaqin turishibdi.

Martinelli ushbu mavsum 14 o'yinda 5 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano