"Arsenal" va "Manchester Yunayted" Yevropa Ligasi 1/8 finalida ro'baro kelmaydi

Omonjon To`xtamirzayev
24 fev 2023
"Manchester Yunayted" va "Arsenal" Yevropa Ligasi pley-off bosqichida bir-biriga duch kelishi mumkin, faqat 1/8 finalda emas.

Ta'kidlab o'tamiz, bu holat 1/4 finaldan avval yuz bermaydi. Sababi har ikki klub bir assotsiatsiya vakillari hisoblanadi. "Iblislar" o'z guruhlarida 2-o'rinni egallab, kuni-kecha "Barselona"ni engishdi. "Kanonirlar" esa guruhdan birinchi o'rinni olib chiqishdi va pley-off bosqichidagi kurashga 1/8 finaldan qo'shilishadi.

Eslatib o'tamiz, APLda "Arsenal" yetakchilik qilmoqda, MYU esa 3-pog'onani band etib turibdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia