"Arsenal" va "Man Siti" Zinchenkoning 30 mln funtlik transferi borasida kelishuvga erishishdi

Alisher
16 iyul 2022, 13:38
"Arsenal" va "Manchester Siti" Aleksandr Zinchenkoning transferi borasida kelishuvga erishishdi.

Klublar 30 million funt atrofidagi mablag' evaziga ukrainalikning transferi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishishdi.

"Kanonirlar" 25 yoshli o'yinchi bilan shartnoma shartlarini muhokama qilishmoqda: maosh va bitim muddati.

Zinchenko o'tgan mavsum "Man Siti" tarkibida barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano