
Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, londonliklar yaqin orada 25 yoshli futbolchiga 5 yillik shartnoma taklif qilishmoqchi. Teoning "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi 2016 yilda o'z nihoyasiga etadi. Uolkott "Arsenal" safida 2006 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Bu mavsumda tezkor hujumchi hozircha oltita o'yinda maydonga tushib raqiblar darvozasiga bir bor gol urishga muvaffaq bo'ldi.