"Arsenal" Tavareshning transferini e'lon qildi

Alisher
10 iyul 2021, 15:40
"Arsenal" o'z saytida "Benfika" himoyachisi Nunu Tavareshning transferini e'lon qildi.

21 yoshli futbolchi uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Futbolchi yaqin vaqtlarda, aniqrog'i karantindagi muddatdan so'ng jamoaga qo'shiladi. Tavaresh 20-raqam ostida o'ynaydi.

Tavareshning transferi "kanonirlar"ga bonuslarsiz 7 million evroga tushdi.

Himoyachi "Benfika" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u umumiy 41ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal