"Arsenal" tarkibini "Bornmut" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

Mirjalol Normatov
21 iyun 2020, 14:47
"Kanonirlar"ga shotlandiyalik xavbek kerak.

"Arsenal" klubi "Bornmut" vingeri Rayan Freyzer uchun kurashda "Tottenxem"ni ortda qoldira olishiga ishonmoqda, deb yozadi "Daily Mail".

26 yoshli futbolchining klubi bilan shartnomasi ushbu yozda yakuniga etadi. Futbolchining o'zi faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishni istamoqda.

Qayd etilishicha, "kanonirlar" Freyzer bilan shartnoma imzolash uchun maksimum imkoniyatdan foydalanadi.

Ushbu mavsumda shotlandiyalik futbolchi APLning 28 o'yinida 1 gol va 5 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail