"Arsenal" tarbiyalanuvchisini transferga qo'ydi

Alisher
7 avg 2020, 14:50
"Arsenal" himoyachisi Enzli Meytlend-Naylz transferga qo'yildi.

"To'pchilar" mavsumlar oralig'ida katta sotuvlarni amalga oshirishmoqchi. Klub o'z tarbiyalanuvchisi uchun 30 mln funt so'ramoqda.

"Arenal"ga transfer uchun pul kerak va Per-Emerik Obameyang bilan yangi shartnoma imzolash uchun ham.

Meytlend-Naylz joriy mavsum APL doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi. Uning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun