"Arsenal" so'nggi 34 yillikdagi eng yomon natijani qayd etdi

Tolibjon Qosimov
10 may 2018, 20:17
Kecha APL 31-turi doirasidagi "Lester" - "Arsenal" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda mezbonlar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Arsen Venger shogirdlari joriy mavsum APLda 51ta to'p o'tkazib yuborishga ulgurishdi. Bu ligadagi top-7 jamoalar orasida eng yomon ko'rsatkich.

"Arsenal" oxirgi marta 1983-84 yilgi mavsumda 50tadan ko'p gol o'tkazgan (60ta gol). O'shanda klub chempionatni 6-pog'onada yakunlagan.



Eslatib o'tamiz, "kanonirlar" 2018 yil APLning safar o'yinlarida hali umuman g'alaba qozonishmadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe