"Arsenal" sobiq futbolchisi: "Chelsi" "Real"ni CHLda chiqarib yuboradi"

Aslanov Jasurbek
18 mar 2023, 23:40
"Arsenal" sobiq futbolchisi Pol Mersonning fikricha, Chempionlar ligasi 1/4 finalida "Chelsi" "Real"ni mag'lub etadi.

"Chelsi"da hammasi o'xshayapti. O'ylashimcha "ko'klar" "Everton"ni mag'lubiyatga uchratadi. Bu ketma-ket 4 g'alaba bo'ladi.

Fikrimcha, "Chelsi" juda xavfli jamoa. Ha, qur'a ular uchun omadsiz o'tdi, ammo London klubi ikki uchrashuvga ko'ra "Real"ni turnirdan chiqarib yuboradi.

Yana uch yoki to'rt hafta oldin ko'pchilik "Chelsi"ga qarshi o'ynashni xohlayotgandi, ammo vaziyat o'zgargan" - deydi "Arsenal" sobiq futbolchisi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Daily