"Arsenal" Salibani "Renn"ga sotmoqchi emas

Alisher
1 iyul 2021
"Arsenal" himoyachisi Uilyam Salibani sotish niyatida emas.

Ouest-France nashri xabariga ko'ra, "Renn" 20 yoshli francuzni sotib olish maqsadida jo'natgan taklifiga rad javobini olgan.

Francuz klubi sport direktori Florian Moris "Arsenal" bilan bog'langan, ammo "kanonirlar" o'yinchini faqatgina ijaraga berishga tayyor, biroq "Renn" bunga rozi bo'lmagan.

Saliba "Arsenal"ga 2019 yilda 30 million evro evaziga o'tgandi. O'shanda jamoa o'yinchini "Sent-Eten"ga ijaraga berib yuborgan. 2020 yil Uilyam Londonga qaytdi, ammo Mikel Arteta uni Yevropa Ligasi uchun qaydnomaga kiritmadi. Yanvar oyida himoyachi "Nicca"ga ijaraga berildi.


AlisherMuallif
Manba: Ouest-France