"Arsenal" Sakaga katta maosh taklif qildi

Sherzod Nurmatov
5 okt 2022, 15:24
London klubi yarim himoyachi Bukayo Saka bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Angliya klubi futbolchiga yiliga 10,5 million evro maosh bilan yangi shartnoma taklif qilgan.

21 yoshli Saka joriy mavsum "Arsenal" safida 9 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi. Uning klub bilan bitimi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/Ekremkonur