"Arsenal" Rossiya chempionati to'purariga qiziqmoqda

Alisher
6 iyun 2019, 16:23
SSKA va Rossiya terma jamoasi hujumchisi Fyodor Chalov faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Londonning "Arsenal" jamoasi 21 yoshli futbolchiga qiziqayotgan jamoalardan biridir. Unga shuningdek "Monako" va "Sevilya" klublari ham raqobatlashmoqda.

Futbolchining "armiyachilar" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil yozigacha mo'ljallangan.

Chalov 2018/19 yilgi mavsumda SSKA libosida barcha turnirlarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 7ta assistni amalga oshirdi. Forvard 15ta gol bilan Rossiya Premer-ligasining to'purari deb topildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports