"Arsenal" Remsi bilan kelisha olmayapti

Aslanov Jasurbek
15 sen 2018
"Arsenal" rahbariyati yarim himoyachi Aaron Remsi bilan yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmayapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, "to'pchilar" 27 yoshli futbolchiga haftalik maoshi 280 ming evro bo'lgan 5 yillik shartnoma taklif qilgan. "Milan"ga o'tishi mumkin bo'lgan "Arsenal" bosh direktori Ivan Gazidisning kelajagi noma'lumligi tufayli taklif rad etildi. Remsining shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga etadi.

Remsi 2008 yilda "Kardiff Siti"dan "Arsenal"ga o'tgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun