"Arsenal" "Real" yarim himoyachisi uchun 80 million evro to'lamoqchi

Mirjalol Normatov
10 yanv 2026, 16:37
"Arsenal" "Real"ga yarim himoyachi Arda Gyuler uchun taklif bilan chiqishga tayyor.

London klubi futbolchini 80 million evroga sotib olmoqchi. Bu haqda turk matbuoti xabar bermoqda.

Oldinroq unga "Liverpul" va "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani aytilgandi. Biroq "qaymoqranglilar" 20 yoshli hujumchisini qo'yib yubormoqchi emas va uzoq yillik rejalariga kiritgan.

Ushbu mavsumda xavbek 27 o'yinda qatnashib, 3 gol va 8 assist qayd etdi. Arda 2023 yil yozidan buyon "Real" tarkibida o'ynamoqda.

Uning Madrid klubi bilan kelishuvi 2029 yil yozigacha davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Turkiye Today