"Arsenal" "RB Leyptsig" yarim himoyachisini transfer qilishga yaqin

Alisher
2 apr 2021, 17:38
"RB Leyptsig"da o'ynayotgan fransiyalik xavbek Kristofer Nkunku faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

23 yoshli yarim himoyachiga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. Transfer yozgi transfer oynasida amalga oshishi mumkin.

Nkunku nemis klubiga 2019 yilning yozida PSJdan o'tgan edi. "RB Leyptsig" transfer uchun 15 million evro to'lagan. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

Kristofer joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Germany