"Arsenal" "Puma"dan "Adidas"ga o'tishi mumkin

Tolibjon Qosimov
10 apr 2018
"Adidas" kompaniyasi ko'proq pul taklif qilmoqda.

"Adidas" "Arsenal"ning yangi texnik homiysiga aylanishi mumkin. "Mirror" nashrining ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar muzokara olib borishmoqda. Nemis kompaniyasi "kanonirlar"ga yiliga 40 million funt to'lashga tayyor. "Arsenal" hozirgi homiysidan yiliga 30 million funt sterling oladi.


"Arsenal"ning "Puma" bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha amal qiladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: mirror.co.uk