"Arsenal" - PSV uchrashuvi qachon bo'ladi?

Mirjalol Normatov
14 sen 2022
Yevropa ligasi 2-turi doirasidagi "Arsenal" - PSV bahsi qirolicha Elizaveta II vafoti sababli qoldirilgandi.

UEFA rasmiy sayti ushbu uchrashuv 20 oktyabr kuni soat 22:00da start olishini ma'lum qildi. Aslida bahs 15 sentyabr kuni bo'lib o'tishi kerak edi.

London shahri policiya boshqarmasi uchrashuvni qoldirishni rasmiy murojaat orqali ma'lum qildi va UEFA buni qanoatlantirdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com