"Arsenal" O'zil bilan xayrlashmoqchi

Alisher
31 avg 2020, 11:07
"To'pchilar" umumiy maosh miqdorini tushirishmoqchi.

"Arsenal" Mesut O'zildan qutulmoqchi. Muammo shundaki, 31 yoshli germaniyalik futbolchi katta maosh oladi va uni tushirmoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi O'zilga qiziqish bildirmoqda.

O'zil yakunlangan mavsum APL doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports News