"Arsenal" o'z futbolchisiga APL tarixidagi eng yirik maoshni taklif qildi

Aslanov Jasurbek
11 avg 2017, 12:22
"Arsenal" o'z hujumchisi Aleksis Sanchesga 300 ming evrolik haftalik maosh taklif qildi.

Agar chililik futbolchi ushbu taklifni qabul qilsa, Angliya futboli tarixidagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi. Ayni damda 28 yoshli Sanchesning haftalik maoshi 140 ming funt.

Hozir Angliya Premer-ligasining eng ko'p maosh oladigan futbolchisi - Pol Pogba ("Manchester Yunayted"). Uning haftalik maoshi 290 ming funt.

2014 yildan beri "Arsenal"da o'ynaydigan Sanchesning shartnomasi 2017/18 mavsum yakunlanganidan so'ng o'z nihoyasiga etadi. Oldinroq chililikka PSJ va "Manchester Siti" qiziqayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail