"Arsenal" Obameyangning o'rniga boshqa futbolchi izlamoqda

Mirjalol Normatov
23 dek 2019, 19:57
Ushbu mavsumdan keyin hujumchi Per-Emeri Obameyang "Arsenal"ni tark etishi kutilmoqda.

Ayni damda klub rahbariyati gabonlik futbolchining o'rniga boshqa nomzod izlamoqda. "Sky Sports" xabariga ko'ra, ayni damda londonliklar e'tiborini "Bayer" forvardi Kevin Folland o'ziga qaratgan. Skautlar 27 yoshli futbolchining o'yinlarini tomosha qilish uchun bir necha bora Germaniyaga borib qaytishgan.

Qayd etish kerak, Follandning "Bayer" bilan shartnomasi 2021 yilda yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports