“Arsenal” Obameyangga haftasiga 250 ming evro maosh va yangi bitim taklif etmoqchi

Eldor Akmurzayev
22 iyul 2020, 19:45
Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “to'pchilar” Per-Emerik Obameyangga haftasiga 250 ming evrolik maosh hamda 3 yillik shartnoma taklif etishni rejalashtirmoqda.

Klub ustozi Mikel Arteta shaxsan o'zi Obameyang bilan yangi kelishuv amalga oshishini istamoqda, u hujumchi bilan yaxshi munosbatlarni o'rnatgan.

Gabonlik joriy mavsum APLda 35 o'yinda qatnashib, 20+3 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Telegraph