"Arsenal" Lokonga transferini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
19 iyul 2021
"Anderlext" yarim himoyachisi Alber-Mboyo Lokonga "Arsenal"ga o'tdi.

Ingliz klubi 21 yoshli futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaganini e'lon qildi. 

Futbolchi yangi jamoasida 23 raqamda maydonga tushadi.

"Arsenal" Lokongani "Anderlext"dan sotib oldi. Avvalroq Belgiya klubi 17,5 million evro tovon puli olishi haqida xabar berilgandi.

Belgiyalik futbolchi o'tgan mavsumda 33 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: arsenal.com