"Arsenal" Lenoni sotib yuborishi mumkin

Mirjalol Normatov
4 may 2021
Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Arsenal" darvozabon Bernd Lenoni sotib yuborishi mumkin.

Bu haqida "Football London" xabar bermoqda. Darvozabonning "kanonirlar" bilan yana ikki yillik kelishuvi bor. Tomonlar buni uzaytirish borasida muzokaralar olib bormayapti.

"Pushkachilar" shu boisdan posbonni yozda transferga qo'ymoqchi va uning kyetishidan pul ishlab olmoqchi.

Ushbu mavsumda 29 yoshli kiper 44 o'yinda qatnashib, 13 o'yinda darvozasidan gol o'tkazib yubormadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football London