"Arsenal" Lemar borasidagi taklif narxini oshirishga tayyor

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2017, 19:43
"Arsenal" yarim himoyachi Tom Lemar borasida "Monako"ga yuborgan taklifi narxini oshirishga tayyorlanmoqda.

Oldinroq London klubi 21 yoshli fransiyalik uchun 45 mln. evro taklif qilgani ma'lum bo'lgandi. Ma'lumotlarga ko'ra, "to'pchilar" taklifni 51 mln. evro (+5 mln. bonus) tarzida oshirishga tayyor. "Monako" bungacha "Arsenal"ning Lemar borasidagi bir necha taklifini rad etgandi.

So'nggi mavsum Lemar Fransiya chempionatining 34 ta uchrashuvida maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 10 ta golli pas berdi. Futbolchi va "Monako" o'rtasidagi bitim 2020 yilda yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail