"Arsenal" Lautaro bo'yicha "Inter" bilan muzokara olib bordi

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2021, 21:58
"Arsenal" hujumchi Lautaro Martines transferi masalasida "Inter"ga murojaat qildi.

Xabarlarga qaraganda, "kanonirlar" "Inter" bilan Ektor Belerin bo'yicha muzokara qilish chog'ida argentinalik futbolchiga qiziqib qolishdi.

Futbolchi "to'pchilar" evrokuboklarda qatnashmasligiga qaramasdan, "Arsenal"ga o'tishga tayyor.

Qo'shimcha qilinishicha, "Arsenal" Martinesni Aleksandr Lyakazettga almashtirish taklifi bilan chiqdi. Ammo "neradzurrilar" kelishuvga boshqa futbolchi qo'shilishini xohlamayapti.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic